Rasman! "So‘g‘diyona" yana bir "Bunyodkor" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

  • 8 yanvar, 2024, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shohrux Abdurahmonov "So‘g‘diyona" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

"So‘g‘diyona" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. O‘tgan mavsum "Bunyodkor" jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali yarim himoyachi "bo‘rilar" bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Shohrux Abdurahmonov 1999 yil 8 martda tavallud topgan. Abdurahmonov o‘tgan mavsumda "Bunyodkor" tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 2 ta gol va 5 ta golli to‘p uzatma yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, 1893 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Futbolchi faoliyati davomida "Paxtakor", "Dinamo", "Energetik-BGU", "Bunyodkor" jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘ngi jamoasi "Bunyodkor" hisoblanadi.

shoh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!