
Rasman: "So‘g‘diyona" 7 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi!
“So‘g‘diyona” klubi yozgi transfer vaqtida kimlar bilan shartnomalar imzolangani oydinlashdi.
O‘zPFL rasmiy sayti jamoa bilan shartnoma imzolagan va kelishuv bekor qilingan o‘yinchilar ro‘yxatini taqdim etdi.
“So‘g‘diyona” FK Darko Stanoevich (“Neftchi”)ni yil so‘nggiga qadar ijaraga oldi.
“So‘g‘diyona” FK quyidagi futbolchilar bilan shartnomalar imzoladi:
Jamoliddin Ismatullaev (“Jizzax-bars”) – 2023 yil oxirigacha
Jasur Hakimov (“Turon”) – 2021 yil oxirigacha
Muhsin Bozorov (“Metallurg”) – 2022 yil oxirigacha
Jahongir Meliev (“So‘g‘diyona”) – 2023 yil oxirigacha
Izzatbek Hayitboev (“Lokomotiv”) – 2023 yil oxirigacha
Xayitjon Shodmonov (“So‘g‘diyona U18”) – 2022 yil oxirigacha
Klub Muhammad Qo‘chqorov, Baxtiyor Bekzodjonov Javohir Mirzaulbekov, Umar Mardonov, Oybek Nurmatov va Islom Boysariev bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qildi.
Shuningdek, Bekzod Pirimqulov, Sherzod Bo‘riboev, Jahongir Safarov va Otabek Jo‘raev vaqtincha klub ro‘yxatidan chiqarildi.
Bulardan tashqari, jamoaning turkmanistonlik legioneri Arslanmirat Amonov ham "So‘g‘diyona"ni tark etgani ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar