
Rasman! "Roma" jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes Italiyaning «Roma» klubiga o‘tdi. Bu haqda Rim jamoasi matbuot xizmati klub rasmiy saytida xabar berdi. Unga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni bilan shartnoma ikki mavsumga tuzilgan.
"Rimga qaytish har doim hayajonli va "Roma" libosida o‘ynash bundan ham ko‘proq. Muxlislarga meni qabul qilishlari uchun va klubga meni Evropadagi faoliyatimni boshlagan jamoaga qaytargani uchun minnatdorchilik bildiraman.
O‘tgan yili jahon chempionatida g‘alaba qozonganimdan juda xursand bo‘ldim, ammo endi men g‘alaba qozonishni davom ettirmoqchiman va buni "Roma" bilan uddalay olishimga ishonchim komil", - dedi argentinalik futbolchi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
29 yoshli Paredes 2014 yildan 2017 yilgacha "Roma"da o‘ynagan va u erdan "Zenit"ga o‘tgan. Keyin esa “Yuventus” va PSJda o‘ynagan.
Fikrlar