
Rasman! "Real" yulduzi MYu safiga ko‘chib o‘tdi
Bir necha kundan beri "qirollik klubi" himoyachisi Rafael Varan faoliyatini APLda davom ettirishi borasida gap-so‘zlar tarqalayotgandi.
"Manchester Yunayted" frantsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganligini rasman ma’lum qildi. Transferning boshqa tafsilotlari hozircha aniq emas.
Avvalroq, madridliklar o‘z sardori Serxio Ramosni erkin agent sifatida PSJga qo‘yib yuborgandi. Varan esa klub safida 2011 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi.
28 yoshli himoyachi madridliklar tarkibida 360 o‘yinda maydonga tushib, o‘z xisobiga 17 gol va 7 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar