Rasman! "Qizilqum" gruziyalik hujumchi transferini e’lon qildi

  • 10 fevral, 2024, 17:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Elguja Lobjanidze - "Qizilqum" futbolchisi!

Tecno

Bo‘lajak mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Qozog‘iston chempioni, Evropa ligasi hamda Konferentsiyalar ligasida to‘p tepgan gruziyalik hujumchi Elguja Lobjanidze endilikda "Qizilqum" klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi bilan jamoa rahbariyati bir yillik bitim imzoladi.

Elguja Lobjanidze haqida qisqacha:

Tug‘ilgan kuni: 17.09.1992 yil
Tug‘ilgan joyi: Gruziya — Tbilisi
Pozitsiyasi: hujumchi
To‘p tepgan jamoalari: "Xeyluntszyan" (Xitoy), "Meychjou" (Xitoy), "Qizil-Jar" (Qozog‘iston), "Dinamo Batumi" (Gruziya), "Qaysar" (Qozog‘iston), "Tobol" (Qozog‘iston), "Rustavi" (Gruziya), "Shukura" (Gruziya), "Orenburg" (Rossiya).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!