Rasman! Petr Chex ham "Chelsi"dan ketdi

  • 27 iyun, 2022, 14:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Petr Chex "Chelsi"ning texnik maslahatchisi lavozimini tark etadi. London klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Chex 30 iyun kuni bu lavozimdan ketadi.

“Chelsi”ning sobiq darvozaboni ushbu lavozimda 3 yil oldin ish boshlagan edi. U o‘tgan davr mobaynida klubga futbol masalalari bo‘yicha yordam berdi, shuningdek, "Chelsi" akademiyasi va asosiy jamoa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash ustida ishladi.

"So‘nggi uch yil davomida "Chelsi"da bu lavozimda ishlash men uchun katta sharaf.

Klub yangi xo‘jayinga ega bo‘lganligi sababli, hozir chetga chiqish uchun eng to‘g‘ri vaqt ekanligini his qilyapman. Klub yangi xo‘jayinlar bilan ajoyib holatda ekanligidan xursandman va uning kelajakda maydonda ham, undan tashqarida ham muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman”, - dedi Chex.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marina Granovskaya ham «Chelsi»ni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!