Rasman! "Paxtakor" chempion hujumchi transferini e’lon qildi (foto)

  • 9 iyul, 17:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bobur Abduxoliqov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu xabarni klub matbuoti tasdiqladi. 

Tecno

"Jamoamiz 28 yoshli hujumchi bilan ushbu yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Abduxoliqov faoliyati mobaynida "Nasaf", "Rux" (Ukraina), "Energetik-BGU" (Belarus), "Ordabasi" (Qozog‘iston) va "Sumqayit" (Ozarboyjon) kabi klublar sharafini himoya qilgan. Bobur hozirgacha bir martadan O‘zbekiston va Qozog‘iston chempioniga aylangan.

Umid qilamizki, Abduxoliqov "Paxtakor"ning sovrinlarni qo‘lga kiritishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Bobur", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
10/07/2025 08:17
Омад ёр булсин Бобир