
Rasman! O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi (foto)
Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining avj pallasiga etib keldi. Pley-off bahslari doirasida bugun ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Angliya - O‘zbekiston o‘yinida vakillarimiz 1:2 hisobidagi ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi va chorak finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi o‘yin esa Frantsiya hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakun topgan bahsning penaltilar seriyasida frantsuzlar 5:3 hisobida raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz 1/4 finalda Evropaning nomdor Frantsiya terma jamoasiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv 25 noyabr kuni 13:30 da start oladi.
Bundan oldin yoshlarimiz "ko‘hna qit’a"ning Ispaniya va Angliya kabi termalari bilan kuch sinashib, raqiblariga mardonavor jang taklif qila oldi.
Fikrlar