Rasman! O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi yana legionerga aylandi

  • 20 fevral, 00:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumgait" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

Tecno

"2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi uchun transferlar kompaniyasini davom ettirayotgan "Sumgait" FK yana bir futbolchining transferini yakunladi. Jamoamiz yaqinda O‘zbekistonning "Nasaf" klubida to‘p surgan Bobir Abdixoliqov bilan shartnomani 1 yilga shartnoma imzoladi. 27 yoshli hujumchi jamoamizda 9-raqamli libosda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Bobir Abdixoliqov faoliyati davomida O‘zbekistonning "Nasaf", Belarusning “Energetik” (Minsk) va Qozog‘istonning “Ordabasi” klublari sharafini himoya qilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi mazkur mamlakatning U-19, U-22 va U-23 terma jamoalarida ham to‘p surgan", - deyiladi klub xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, Abdixoliqov o‘tgan mavsum "Nasaf" bilan Superliga chempioniga aylangan edi. Ushbu jamoa tarkibida Jasur Jaloliddinov ham harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!