
Rasman! "Neftchi" bosh murabbiyi Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi (foto va video)
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Superliga joriy mavsumining eng yaxshilarini e’lon qilmoqda. Unga ko‘ra, Superligada yil murabbiyi deya "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko e’tirof etildi.
Mutaxassis farg‘onaliklar bilan birga Superligada 45 ochko to‘plab, 5-pog‘onadan joy egalladi. Shuningdek, jamoa 21-turga qadar chempionatda mag‘lub bo‘lmay kelayotgandi.
Raqiblar darvozasini 33 bor ishg‘ol qilgan "yo‘lbarslar" ko‘p gol urish borasida birinchilikning eng yaxshi 4-klubi bo‘ldi. Eng kam gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha esa "Neftchi" faqat "Nasaf"dan ortda qoldi ("Neftchi"da 18, "Nasaf"da 16).
Fikrlar