
Rasman! Naoya Inoue navbatdagi janggi qachon va kimga qarshi o‘tishi e’lon qilindi
Ikkinchi engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblangan yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangida Avstraliya vakili Ti Jey Doxeniga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Amerikaning Top Rank Boxing promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ushbu qarama-qarshilik 3 sentyabr kuni Tokioda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Inoue shu kuni o‘z chempionlik unvonini himoya qiladi.
Yaponiyalik bokschi professional ringda debyutini 2012 yilda o‘tkazgan va oltinchi jangidayoq birinchi engil vaznda (50,8 kg gacha) WBC chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Inoue shu kungacha jami 27 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ti Jey Doxeni esa faoliyati davomida 30 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularda 26 g‘alabaga erishgan va to‘rttasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Fikrlar