
Rasman! Mashhur klub to‘rt futbolchi bilan xayrlashdi
Angliya Premer-ligasining mashhur klublaridan “Tottenxem” rasmiy sayti orqali to‘rt nafar o‘yinchi bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Londonliklar safini Ivan Perishich, Erik Dayer, Rayan Sessenon hamda Jafet Tanganga tark etdi.
- Biz Ivan, Erik, Rayan va Jafetaga o‘yinlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz, - deyiladi klub bayonotida.
Ta’kidlash joizki, xayrlashgan futbolchilarning bari “Tottenxem” asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotib qo‘ygan edi.
Fikrlar