
Rasman! "Manchester Yunayted" Niderlandiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining rasmiy saytida "Feyenoord" klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Tirell Malasiyaning transferi haqida e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferi “qizil iblislar”ga 15 million evroga tushgan. Malasiyaning o‘zi esa yangi jamoasi bilan “4+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Tirell Malasiya "Feyenoord" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 136 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Niderlandiya terma jamoasida esa 5 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Fikrlar