Rasman! "Lill" rekord summaga hujumchi sotib oldi

  • 12 avgust, 2020, 04:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" Belgiyaning "Gent" klubi hujumchisi Jonatan Devid transferini rasman e’lon qildi. Xabar qilinishicha, frantsuz klubi 20 yoshli kanadalik futbolchi transferi uchun o‘z tarixidagi eng katta summani sarfladi. Forvardning transferi 30 mln evroga tushdi.

Tecno

Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" yosh iqtidor egasiga qiziqish bildirayotgani aytilgandi. 

Jonatan Devid Evropadagi ilk mavsumidayoq jamoasi tarkibida 48 ta gol va 20 ta assist amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!