
Rasman: Kristian Moskera — "Arsenal" futbolchisi!
Londonning "Arsenal" klubi "Valensiya" himoyachisi Kristian Moskerani o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi.
Transfer uchun "kanonirlar" 15 million evro to‘lagani aytilmoqda, bonuslar bilan birga summa 20 million evroga etishi mumkin.
Moskera o‘tgan mavsumda La Liganing 37 uchrashuvida ishtirok etib, 1 gol urgan.
"To‘pchilar" joriy transferlar oynasida Zubimendi va Madueke kabi futbolchilarni jalb qildi.
Fikrlar