Rasman! Ikrom Aliboev "Seongnam" futbolchisi
Ikrom Aliboev "Seongnam" jamoasi a’zosiga aylandi. O‘zbekistonlik futbolchi Koreya K-2 Ligasida harakat qilayotgan klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Koreya Respublikasi klubi transferni Aliboevning tug‘ilgan kunida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, "Seongnam" 2 karra Osiyo chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, ammo hozirda Koreya 2-ligasida o‘ynaydi. Ushbu jamoa o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun notanish emas. Server Jeparov va Jamshid Iskanderov o‘z vaqtida bu jamoa sharafini himoya qilgan.



Fikrlar