Rasman! Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 1 sentabr, 2020, 10:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich "rossonerilar" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro 2021 yilga qadar tuzilgan kelishuvga imzo chekishgan. Ammo hozircha shartnomaning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.

38 yoshli shvetsiyalik futbolchi “Milan” safiga shu yilning yanvarida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U 2010-2012 yillarda ham ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Ibragimovich faoliyati davomida "Malme", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona" va PSJ kabi klublarda to‘p surgan. Shvetsiya terma jamoasida esa 116 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 62 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!