Rasman. Dana Uayt Ramazon Temirov jang qiladigan turnir kardini yangiladi!

  • 18 iyun, 19:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

26 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahrida "UFC on ABC 9" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu kechada ikki hamyurtimiz Ramazon Temirov va Bogdan Guskov ham ishtirok etishi belgilangan.

Bugun UFC prezidenti Dana Uayt turnir kardini yangilanganini elon qildi. Avvalgi rejaga ko‘ra, oqshomning "co-main event" jangi Sharabutdin Magomedov va Mark-Andre Bario o‘rtasida kechishi kerak edi.

Biroq promoushen rahbari bunga o‘zgartirish kiritdi. Ya’ni endi Movsar Evloev hamda Aaron Piko kechaning ikkinchi asosiy to‘qnashuvida o‘zaro kurash olib boradi.

Quyida Dana Uayt qilgan o‘zgarishlarni ko‘rishingiz mumkin.

"Main event" jangi: Robert Uittaker - Rene De Ridder;
Movsar Evloev - Aaron Piko;
Pyotr Yan - Markus Makgi;
Brays Mitchell - Said Nurmagomedov;
Sharabutdin Magomedov - Mark-Andre Bario;
Nikita Krylov - Bogdan Guskov;
Ramazon Temirov - Asu Almabaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!