
Rasman: “Chelsi” zo‘r hujumchi transferini e’lon qildi
Angliya Premer-ligasining qudratli klublaridan biri “Chelsi” AQShdan quruq qaytmaydigan bo‘ldi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan “aristokratlar” o‘z safiga braziliyalik hujumchi Joao Pedroni qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
23 yoshli to‘purar “Chelsi” bilan uzoq muddatli shartnoma tuzib, London klubida 2033 yilning 30 iyunigacha davom etadigan bitimga imzo chekdi.
Joao Pedru Braziliyaning mashhur klublaridan “Fluminense” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu o‘yinchi Angliyaga besh yarim yil muqaddam ko‘chib o‘tgan.
Pedro Evropadagi faoliyatini “Uotford”da boshlab, bu klub tarkibida jami 109 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 24 ta to‘p kiritgan. Keyinchalik “Brayton”ga ko‘chib o‘tgan Joao oxirgi ikki mavsumda 19 ta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar