Rasman! “Bavariya” katta transferni uddaladi

  • 11 iyul, 2024, 13:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga grandi “Bavariya” klubi tayanch yarim himoyachi Joau Palinyani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Avvalroq, bu transfer myunxenliklarga 46 million evroga tushishi xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Bundesliga grandi futbolchining ishtirokiga qarab, “Fulxem”ga qo‘shimcha bonuslar ham to‘lashi kelishib olingan.

28 yoshli Joau yakunlangan mavsumda “Fulxem” safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga erishdi.

Portugaliyalik futbolchi professional faoliyatining dastlabki bosqichida o‘z yurtida “Sporting”, “Moreyrense”, “Belenensesh”, “Braga” kabi jamoalarda o‘tkazgan. “Fulxem” Joauni 2022 yilning yozida 22 million evroga transfer qilgan edi.

Joau Palinya Portugaliya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!