Rasman. Baqoev Superligaga qaytdi!

  • 2 aprel, 2023, 16:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

ULUG‘BEK BAQOEV "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi!

Tecno

Shu kunga qadar "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan Hakim Fuzaylov salomatligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

"O‘tgan mavsum "Buxoro" jamoasi bilan  Pro-ligadan Superliga yo‘llanmasiga ega chiqishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun Hakim Fuzaylovga klubimiz rahbariyati, futbolchilar hamda jamoa ishqibozlari nomidan  o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Ulug‘bek Baqoev 2017-2018 yilgi mavsumlarda "Buxoro"da bosh murabbiy vazifasida ishlab, ishqibozlar ko‘nglidan joy olgan edi. Yana bir bor jamoamiz ushbu murabbiyga ishonib topshirildi. Ulug‘bek Baqoevga g‘alabali odimlar tilab qolamiz!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Turaevv1
02/04/2023 20:34
uree