Rasman! Aziz G‘aniev "Shabab Al Ahli" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 24 iyun, 2023, 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab al-Ahli" klubida harakat qiladigan legionerimiz Aziz G‘aniev klubi bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar so‘nggi bir necha kun davomida muzokara olib bordi va shartnomani "1+1" ko‘rinishida uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Tecno

Ma’lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda BAA chempionatida 26 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!