
Rasman! APLda koronavirusga oid yangi qoida joriy etildi
Angliya Premer-Ligasi koronavirus bo‘yicha yangi qoida ishlab chiqdi. Unda qayd etilishicha, jamoalar tarkibida minimum 4 ta futbolchida virus aniqlangandan so‘ng o‘yinni qoldirish huquqiga ega bo‘ladi.
Yangi qonun navbatdagi turdan boshlab kuchga kiradi.
Avvalgi qoidaga ko‘ra, uchrashuvning kechiktirilishini so‘ragan jamoa qaydnomasida 13 ta futbolchi yoki birorta darvozabon bo‘lmasa, ushbu klub o‘yinni kechiktirishi mumkin bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum koronavirus holati sabab jami 22 uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Fikrlar