Rasman! Anton "Borussiya" futbolchisiga aylandi

  • 8 iyul, 2024, 22:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman "Borussiya" "Shtutgart"dan Valdemar Antonni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 

Tecno

Ushbu transfer uchun dortmundliklar 22 million evro to‘ladi. Shuningdek, himoyachi bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. 

Eslatib o‘tamiz, Anton 2020 yili "Gannover"dan "Shtutgart"ga 4 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi. Yakuniga etgan mavsum u jamoasi tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etdi. 

Shu bilan birga, Valdemar "Evro-2026"da Germaniya safida maydonga tushishga ham ulgurdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!