
Rasman! Angliya terma jamoasi a’zosi "Ipsvich"da
"Manchester Siti" safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va ko‘p vaqtini jamoa zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazib yuborayotgan Kalvin Fillips faoliyatini "Ipsvich" safida davom ettiradi.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Chempionshipdan APLga ko‘tarilgan klub safida mavsum so‘nggiga qadar ijara asosida to‘p tepadi. "Ipsvich"da uni sotib olish imkoniyati mavjud emas.
Ma’lumot uchun, Fillips Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. "Siti" o‘z vaqtida uni "Lids"dan 50 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.
Fikrlar