
Rasman! "Al-Duhayl" Koutino transferini e’lon qildi
Rasman Filippe Koutino ijara asosida Qatarning "Al-Duhayl" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda dohaliklar rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Koutinoni 2022 yilning yozida "Barselona"dan "Aston Villa" to‘liq sotib olgandi. Undan oldin futbolchi yarim mavsum ijara asosida Angliya klubida to‘p tepgan.
Braziliyalik yarim himoyachiga Qatardan tashqari Saudiya va Turkiya chempionatlaridan ham takliflar bo‘ldi. Shuningdek, "Betis" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi.
Fikrlar