Raneri Shomurodov haqida nima dedi?

  • 21 fevral, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” UEFAning eng nufuzli turnirlaridan biri – Evropa ligasining pley-off o‘tish uchrashuvida kuchli raqib “Portu”ga duch kelib, bu to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tecno

Safardagi birinchi bellashuvdan rimliklar 1:1 hisobidagi durang bilan qaytgan edi. “Olimpiko”dagi bahs ham rimliklar uchun qiyin boshlandi. Mezbonlar 27-daqiqada darvozabon Svilarning xatosi tufayli gol o‘tkazib yubordi.

O‘yinda burilishni Eldor Shomurodov va Paulo Dibala yasadi. Legionerimiz argentinalik yulduzni chiroyli kombinatsiya bilan darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi. Eldordan assist. Keyinroq Shomurodovning o‘zi ham gol urgandi. Biroq offsayd tufayli bu hisobga olinmadi.

Bahs 3:2 hisobida “Roma” foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, “Roma” qatorisiga 11-marotaba Evropa miqyosidagi xalqaro turnirlarda 1/8 finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. “Bo‘rilar” 2015 yildan beri UEFA tasnifidagi uch musobaqa – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida bu bosqichga yo‘llanma olib kelayotgan Italiyaning yagona jamoasi hisoblanadi.

Bu orada rimliklar 2022 yili ilk bor o‘tkazilgan Konferentsiyalar ligasining birinchi  g‘olib bo‘ldi. Keyingi yili Evropa ligasi finalida o‘ynadi. Bu gal ham Klaudio Raneri Evropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritib, jamoasini Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqmoqchi.

73 yoshli taniqli murabbiy o‘yindan keyin intervyu berib, Eldor Shomurodov haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Sports.uz portali Kluadio Ranerining o‘yin va o‘zbek legioneri haqidagi fikrini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Jamoada zo‘r futbolchilarning jamlangani qiyin raqiblarni engishda qo‘l kelmoqda. Xususan, Paulo Dibala kabi o‘yinchining tarkibda borligi ko‘p narsani hal qiladi. U jamoani o‘z ortidan ergashtira oladi.

Paulo kam gapiradi. Lekin gapirganida doim kerakli gaplarni topa oladi. Aynan uning yordamida o‘yin stsenariysini o‘zgartira oldik.

Natijadan xursandman. Lekin bu bilan to‘xtab bo‘lmaydi. Biz jamoa sifatida hali takomillashib borishimiz kerak. Biz qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yuborayotganimizni hamma biladi. Chunki o‘zimiz shunga sharoit yaratib beryamiz. Masalan bu galgi bahsda ham 3:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsak-da, futbolchilar yana oldinga tashlanishdi. Oqibatda hisobdagi farq qisqardi. Bunga yo‘l qo‘yish kerak emas.

Men Eldor Shomurodovning hisobiga gol yozilmaganidan afsuslandim. Bu futbolchi borini beryapti, juda ko‘p yuguryapti.  U har doim yordam berishga tayyor. Yugurganda ham shunchaki yugurmaydi. Eldor maydonni yaxshi ko‘ra oladi, texnikasi ham joyida. Men uni butun qalbim bilan yaxshi ko‘raman, - dedi Klaudio Raneri.

29 yoshli Eldor Shomurodov joriy mavsumda A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Assist bilan uchrashuvda burilish yasagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
21/02/2025 16:41
Олдингдан окар сувни кадри йукда
&
Болельщик
21/02/2025 09:58
Додани мехрини козонибди Элдор