Ramosdan yana bir to‘p klub yuz o‘girdi

  • 13 dekabr, 16:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monterrey" himoyachisi Serxio Ramosni "Yuventus" rahbariyati jamoaga olib kelmoqchi emas.

Tecno

Meksikaning "Monterrey" klubi bilan shartnomasi  kelasi oyda yakunlanadigan Serxio Ramos faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi. Biroq 39 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" ortidan "Yuventus" ham jamoada ko‘rishni istamayapti. Ramos faoliyatini yakunlashdan oldin, yana Evropada o‘ynashni istayotganini aytgan edi. Ammo birorta top klub uning vakillari bilan aloqaga chiqmagan. Ispaniyalik futbolchi 2025 yilning boshidan buyon Meksika klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsumda umumiy 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!