
Ramos va Ryudiger o‘rtasida kelishmovchilik vujudga keldi (Foto)
"Sevilya" - "Real" (1:1) uchrashuvi paytida Serxio Ramos va Antonio Ryudiger o‘rtasida kichik ziddiyat vujudga keldi.
Angliyalik futbolchi Jud Bellingem 41-daqiqada Ramos unga nisbatan ko‘p marotaba qoida buzayotganidan shikoyat qildi. Shundan so‘ng Ryudiger Serxio bilan muloqotga kirishdi.
Janjal paytida Ramos “Real” futbolchisining yonoqlaridan ushlab, tortib oldi. Qolgan “Real Madrid” futbolchilari qarama-qarshi tomonlarni bir-biridan uzoqlashtirishdi.
Natijada na Ramos va na Ryudiger kartochka olmadi. O‘yindan keyin futbolchilar ziddiyatga barham bergan holda, quchoqlashib qo‘ydi.
Fikrlar