
Ramos Franko Mastantuono haqida gapirdi: "Real" — o‘zini ko‘rsatish uchun eng yaxshi joy"
"Monterrey" himoyachisi va "Real Madrid"ning sobiq sardori Serxio Ramos madridliklarning yangi futbolchisi — Franko Mastantuono haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "Real" 17 yoshli hujumkor yarim himoyachini "River Pleyt"dan 45 million evroga sotib olgan. Argentinalik vunderkind jamoaga avgustda, 18 yoshga to‘lganidan so‘ng qo‘shiladi.
"Men Mastantuononi kuzatmaganman, lekin uning ulkan salohiyati haqida eshitganman. Unga omad tilayman. "Real" — o‘z salohiyatini namoyish etish uchun eng yaxshi joy" — dedi Ramos matbuot anjumanida.
Qizig‘i shundaki, Ramos 22 iyun kuni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "River Pleyt"ga qarshi bahsda Mastantuono bilan maydonda to‘qnash kelishi mumkin. Bu o‘yin guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan.
Fikrlar