
Rafinya: "Xavi bo‘lmaganida men bu erda bo‘lmas edim"
"Barselona" hujumchisi Rafinya uning hozirgi holati bilan birga, Xans-Diter Flik va Xavi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men bir kun jamoa uchun muhim bo‘lishimni bilardim. Flik darhol menga ishonishini aytdi. Xavi esa doimiy ravishda buni takrorlardi. Agar ispaniyalik mutaxassis "Barselona"da bo‘lmaganida, men hech qachon bu futbolkani kiymagan bo‘lar edim. Bu formada harakat qilish mening bolaligimdan orzuim bo‘lib kelgan.
Flikning kelishi rasmiylashtirilgandan so‘ng u menga qo‘ng‘iroq qilib, men uning ishonadigan o‘yinchilarimdan biri ekanligimni aytdi. U meni tanimagan, mening mashg‘ulotlarimni ko‘rmagan edi. Bu esa qarorimda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, eng yaxshi darajaga erishish uchun imkon yaratdi" – dedi braziliyalik hujumchi "France Football"ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 34 ta bellashuvda ishtirok etib, 23 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar