
Rafinya: Neymarning xatosi Braziliyada tug‘ilgani
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya terma jamoadagi sherigi Neymar borasida fikr bildirdi:
"Braziliyalik muxlislar Neymar jarohat olganidan xursand bo‘lishmoqda. Qanchalik achinarli bo‘lsa ham aytish kerakki, uning eng katta kamchiligi - Braziliyada tug‘ilgani. Bu davlat uning futboli va iqtidoriga loyiq emas", - dedi "Barselona" vingeri.
Avval xabar berganimizdek, Neymar Shveytsariya va Kamerunga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Reja bo‘yicha u pley-off bahslariga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar