Rafinya: "Endi Chempionlar ligasini yutish vaqti keldi"

  • 16 may, 16:36
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" La Liganing 36-turida "Espanol" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa 85 ochko to‘pladi. G‘alabadan so‘ng braziliyalik hujumchi Rafinya shunday dedi:

Tecno

"Bu mening ikkinchi chempionligim va umid qilamanki, yana ko‘plab unvonlarga erishaman. Biz faqat o‘z ishimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Agar o‘z vazifamizni ado etsak va boshqalarga qarab turmasak, imkoniyatlarimiz ortadi.

Birinchi bo‘limda o‘yinimiz juda yomon chiqdi, lekin ikkinchi taymda ancha yaxshiroq harakat qildik. Men uchun shaxsan bu mavsumdagi eng yomon o‘yinlarimdan biri bo‘ldi.

Men bunga qanoat qilmayman. Bu futbolkada Ispaniyada qo‘ldan kelgan hamma sovrinni yutdim. Endi esa – Chempionlar ligasi navbati. Bu murabbiy va futbolchilarning emas, balki butun klubning orzusi. Bu mavsumda unga yaqin bo‘ldik, keyingisida esa bor kuchimiz bilan kurashamiz" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi braziliyalik yulduz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
16/05/2025 21:03
Орзуга айб йук, koTokбoй )