
Raboning agenti APLning 2 ta klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib erkin agentga aylanish arafasida turgan yarim himoyachi Adrian Rabo katta ehtimol bilan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Telefoot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchining agenti ayni damda premer-liganing ikki klubi - "Manchester Yunayted" va "Everton" bilan muzokaralar o‘tkazmlqda.
Eslatib o‘tamiz, Rabo PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmagani bois klub rahbariyati jazo sifatida 2018 yilning dekabridan buyon uni maydonga tushirmadi.
Fikrlar