"Qur’ani ko‘zi ko‘r bo‘ladi", lekin bunchalik ko‘r bo‘lmaydida yoxud boks bo‘yicha Olimpiada qur’asi tahlili

  • 26 iyul, 2024, 17:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 5
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Parij Olimpiadasi ham start olib ulgurdi. O‘zbekistonlik muxlislar intiqib kutayotgani bu boks musobaqlari desak yanglishmagan bo‘lamiz. Kecha boks bahslariga qur’a tashlandi. To‘g‘risi, turnir avvalidan ko‘pchilik bashorat qilgan va xavotirlangan holat yuzaga keldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ha, XOQ bilan IBA o‘rtasida ziddiyatlar mavjud va IBA bilan yaqin bo‘lgan mamlakatlarga qiyin bo‘lishi mumkinligi haqida juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgandi. Shuningdek, mezbonlik faktori degan omillar ham bokschilarimiz zarariga ishlashi mumkinligi taxmin qilingandi. 
Kechagi qur’a shuni amalda ham isbotladi, deya bemalol ayta olamiz. Mayli, ayollarning qur’asini qo‘yib turaylikda, erkaklarning yurishi qanday ko‘rinish olishiga to‘xtalaylik. 

Tecno

Eng qiyin qur’a -51 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hasanboy Do‘smatovga to‘g‘ri keldi. Nafaqat Hasanboy uchun balki ushbu vazndagi eng kuchlilar uchun ham omadsiz bo‘ldi. Sababi, Do‘smatov, Saken Bibbosinov(Qozog‘iston), Titsian Panmot(Tailand), Amit Pangal(Hindiston) bitta setkadan joy oldi. Tasavvur qiling oltin medalga da’vogar uch nafar bokschi endi bir-birini “g‘ajib” chiqishi kerak. U tomonda esa kim bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy…Ha, do‘stlar u tomonda mezbonlar vakili Billal Bennama bor. Nazarimda frantsuzlarga Toshkentdagi Do‘smatovdan olingan nokaut og‘ir botgan shekilli, bu safar qur’ani o‘zi uchun qulayroq qilib olgan chog‘i. :) Albatta, qur’ani ko‘zi ko‘r deyishadi-yu, lekin bunchalik ko‘r bo‘lmaydida. Endi, Do‘smatov ikkinchi jangidayoq Bibossinovga to‘g‘ri keladi. Uni yutsa, katta ehtimol bilan Amit Pangal va Titsian Panmotning g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Finaldan oldingi finallar deb bemalol aytsak bo‘ladi. Xullas, Bennamani avaylab, finalga olib chiqishmoqchi va balki finalda ham qandaydir voqeliklar sodir bo‘lar. To‘g‘ri, bu Olimpiada va har qanday bokschi o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Bennamaning setkasida ham Kuba, Ozarbayjon, Braziliya vakillari bor. Ehtimol, Bennama yarim yo‘lda o‘z yurishini to‘xtatar. Biroq voqealar rivoji Bennama uchun ishlayapti. Albatta, biz Hasanboyga ishonamiz va umid qilamiz, u yo‘lidan chiqqan har qanday to‘siqni ishonch bilan bartaraf etib, ikkinchi bor Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritadi. 

 -57 kg vaznda ham qur’a zo‘r keldi, deb ayta olmaymiz. Chunki hamyurtimiz Abdumalik Xalokov ikkinchi jangidayoq yana bir qozoq bokschisi Mahmud Sabirxan bilan to‘qnash keladi. Bu vaznda ham boksi rivojlangan uch Osiyo qit’asi vakillari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Filippin bokschilari finalga yo‘l olish uchun “dahshat”li kurshaga kirishadi. Karlo Paalamni ham yaxshi bilasiz, Tokio Olimpiadasida Shahobiddin Zoirovni mag‘lub eta olgandi. Xullas, bu qur’a AQSh vakili Jamal Xarvey uchundek taassurot uyg‘otmoqda.:)  Biroq, bayroqdorimiz baribir barchasidan ustunroq va u ham Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritishiga ishonchimiz yuqori. Bu borada unga ham omad tilaymiz!


-63,5 kgda Ruslan Abdullaev finalga chiqish yo‘lida  Sofyan Umia va Bahodir Usmonov to‘sig‘idan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Agar, Ruslan yuqori formasida bo‘lsa, o‘sha qo‘rqinchli Umiya ham muammo bo‘lmaydi. Bunga umid qilamiz!

-71 kgdagi vakilimizga qur’a biroz engilroq keldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asosiy raqiblar Aslanbek Shimbergenov(Qozog‘iston) va Sevonrets Okazava (Yaponiya) nargi setkadan o‘rin oldi. Katta ehtimol bilan yurtdoshimizning final yo‘lidagi asosiy raqibi AQSh vakili Omari Jons bo‘lishi mumkin. Biroq yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, bu nisbiy tushuncha, zero Olimpiadada yangi nomlar kashf qilinishi aniq! Albatta, taxminlarimiz o‘zini oqlashi va Asadxo‘ja finalga chiqish yo‘lida Jons to‘sig‘ini maxv etishini xohlaymiz!

-80 kgda iste’dodli bokschimiz To‘rabek Habibullaev uchun ham qur’a biroz omadsiz keldi, deb aytishimiz mumkin. U ilk jangidlayoq Filippin vakili Marsial bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, uning setkasidan oltinga da’vogarlar ukrainalik Aleksandr Xijnyak, Kuba vakili Lopes Kardona braziliyalik Souza Perreyralar o‘rin olishgan. Biz umid qilamizki, Parij Olimpiadasida porlab chiqqan yangi yulduz To‘rabek Habibullaev bo‘ladi.

-92 kgdagi vakilimiz Lazizbek Mullajonovga ham ishonchimiz yuqori. Unga ham qur’a ilk to‘qnashuvdayoq jiddiy raqib Italiya vakili Aziz Abbos Muxiddinni taqdim etdi. Italiyalik bokschining Toshkentdagi jahon chempionatida qanday saviyadagi atlet ekanligiga guvoh bo‘lgandik. Albatta, Mullojonov ushbu to‘siqdan o‘ta olsa, setkasidagi qolgan raqiblarini mag‘lub etishni uddasidan chiqadi. Xatto, Kshutashvili va britan Braun va braziliyalik Machado ham italiyalik bokschi kabi xavfli emas, degan bo‘lardim. Albatta, bu shaxsiy fikrim. Nargi tarafda esa La Kruzning katta ehtimol bilan finalga chiqish imkoniyati yuqori…Xullas, Mullajonovdan ham umidimiz katta. 

+92 kg vaznda esa birgina e’tiborni tortadigan jihat, Bahodir jalolovning 4-raqamda saralanganligi bo‘ldi. Bu ochig‘i, mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Mayli, Jalolovni mantiqqa ham tupurib qo‘ygan joyi bor va ishonamizki u 2-bor Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritadi. 


Albatta, bu shahsiy fikr va qarashlarimiz xolos. Barchasini ring hal qiladi. Biroq, baribir qur’a “matematika”ga ham to‘g‘ri kelmayapti-da…
 

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Radiant
26/07/2024 20:19
Inshaallah, Sochib tashaydi bizanikilar!!! Qarab o'tirmaydi qozoq ekan, kuba ekan, kuchli ekan deb. Har biridan har bitta o'yinda nakout bilan g'alaba kutamiz!!! Olg'a o'zbegim o'g'lonlari.
. Oxunjon
26/07/2024 20:02
Bitta yo'li kuchli bo'lsa Nakaut qilib chiqsin omad yigitlarga
Baxil Alihuja
27/07/2024 06:31
57кгдаги карлос палам кучли боксчи эмас. Зоировни маглуб эта олган деганингиз хато. уша жангни узим курганман. Зоировни атайлаб хакамлар чикариб юборишган. палам деган ит кейинги боскичда юткизган
Xo'jayev Shuxrat
26/07/2024 18:31
Жалоловни фамилиясини катта ҳарф билан ёзинглар илтимос
&
Liverpool-Afzal
26/07/2024 18:17
Хоромилар, чопмокчи бизаникиларни