Qozog‘iston - O‘zbekiston: Matnli translyatsiya

  • 15 dekabr, 2021, 17:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari! Futzal bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari Nur-Sulton shahridagi "Jaksilik Ushkempirov" arenasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini
o‘tkazmoqda. Quyida e’tiboringizga mazkur qarama-qarlishikdan matnli translyatsiya taqdim etiladi.

39. Qozog‘istonning juda havfli hujumi besamar yakunlandi. 

37. GOOOOOOOL! Darvozabonimiz Ravshan Eliboev bo‘sh qolgan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

36. Qozog‘iston yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

35. Qozog‘iston jarima maydonchamiz ichida bosimni kuchaytirdi va Naub hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 

33. Ixtiyor Ropievga nisbatan raqib futbolchisi qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

31. Qozog‘iston 5 kishi bo‘lib darvozamiz yonida bosim uyushtirmoqda. Vakillarimiz ko‘proq qarshi hujumda o‘ynashiga to‘g‘ri kelyapti. 

30. Qozog‘iston endi 5 kishi bo‘lib maydonda harakat qilmoqda. O‘ynovchi darvozabon ham o‘yinga qo‘shildi. 

29. Davron Choriev to‘pni to‘xtatmay darvozaga yo‘lladi. Ustunga tekkan to‘p raqib darvozasidan joy oldi. 

28. Dilshod Rahmatov raqib himoyasini yorib kirib, ochiq turgan Akbar Usmonovni to‘p bilan ta’minladi. U esa hotirjam raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

27. Hisob tenglashdi. Ropiev Qozog‘iston darvozasiga gol urmoqda.  

26. 3:2. Nishonovning faol harakatlaridan so‘ng Ilhom Hamroev bo‘sh darvozani ishg‘ol etib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

25. Juda havfli hujum. Ikkiga ikki holatga chiqib borgan futzalchilarimiz oxir-oqibat burchak zarbasi ishlab oldi. 

24. Vakillarimiz ikkinchi bo‘limni ancha hujumkor boshladi.

23. Vakillarimiz burchak zarbasidan so‘ng hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p  Qozog‘iston futbolchisining oyog‘iga tekkan holda, darvozadan joy oldi.  

22. Qozog‘istonning havfli hujumi Eliboev tomonidan qaytarildi. 

21. Ikkinchi taym start oldi. 

20. Birinchi bo‘lim yakuniga etdi. Hozircha hamyurtarimiz yirik 0:3 hisobida Qozog‘istonga mag‘lub bo‘lmoqda. 

20.Ropiev oldinga o‘tayotgan bir paytda raqiblar undan to‘pni olib qo‘ydi. 

19. Orazov birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning zarbasi o‘xshamadi. 

18.Qozog‘iston havfli hujum uyushtirdi, biroq Eliboev to‘pga chiqib borib, raqiblarning hujumini zararsizlantirdi. 

16. Qozog‘istonning qanotdan uyushtirgan hujumi besamar yakunlandi. 

15. Ropievning zarbasi darvozaning yuqorisidan o‘tib ketdi. 

15. Eliboevning zarbasini Nikita qaytardi. 

14. Darvozabon Nikita Akbar Usmonovni osonlik bilan aldab o‘tib, hujumni boshlab berdi. 

14. Anasxon Rahmatov darvozabonning xatosidan so‘ng bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. 

13. Eliboevning uzoq masofadn yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

12. Hamyurtlarimiz mayda paslar bilan to‘pni egallab turibdi. 

11. Ixtiyor Ropievda ajoyib imkoniyat vujudga keldi. Deyarli uchga bir vazitda qolgan darvozabon to‘pni qaytardi. 

11. Choriev qanotdan yorib kirib, darvoza tomon zarba yo‘lladi, ammo darvozabon o‘z o‘rnida. 

9. Qozog‘iston yana bir havfli hujum uyushtirdi, biroq so‘nggi zarba biroz noaniq. 

8. Yaxshi kombinatsiyadan so‘ng Odilovda ajoyib imkoniyat vujudga keldi, biroq besamar. 

7. Mezbonlar autdan to‘pni o‘yinga kiritdi va dadillik bilan to‘pni nazorat qilmoqda. 

6. Qozog‘iston terma jamoasidan yana bir hujum, ammo Eliboev o‘z o‘rnida. 

5. Duglas bo‘sh darvozani ishg‘ol etib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

4. Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tdi. Ropievning zarbasidan so‘ng to‘p Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisining qo‘liga tekkandek tuyuldi. Biroq o‘yin davom ettirildi.

3. Yana bitta gol o‘tkazib yubordik. Qozog‘iston vakili Albert Akbalikov darvozabonning pasidan so‘ng bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi. 

3. Raqiblarimiz hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birjan O‘razov markazdan kirib borib, darvozamizni ishg‘ol etdi. 

2. Rahmatovdan raqiblar to‘pni olib qo‘ydi. 

Tecno

1. O‘yinga start berildi. Hamyurtarilmiz uchrashuvni boshlab berdi. 

17:59. O‘yin boshlanishi uchun hamma narsa shay holatda.

17:58. Jamoalar parketga chiqib kelishdi. Ayni damda ikki davlat madhiyalari yangramoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!