Qozog‘iston - O‘zbekiston: Matnli translyatsiya

CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari! Futzal bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari Nur-Sulton shahridagi "Jaksilik Ushkempirov" arenasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmoqda. Quyida e’tiboringizga mazkur qarama-qarlishikdan matnli translyatsiya taqdim etiladi.

Tecno

Qozog‘iston - O‘zbekiston 3:1

0. Uchrashuv yakunlandi. O‘zbekiston dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonga mag‘lub bo‘ldi.

1. GOL! Raqib o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi. Darvozabonimizning oldinga chiqib ketganidan unumli foydalangan Qozog‘iston posboni darvozamizni ishg‘ol etdi.

2. Darvozabon oldinga chiqib ketganidan unumli foydalanib zarba bergan Usmonov mo‘ljalda biroz adashdi.

2. GOOOOOOOOOOOL! Hamroev! Jarima maydoni yaqinidagi kombinatsiyani o‘ynovchi darvozabonimiz gol bilan yakunladi!

2. Raqib bosh murabbiyi shogirdlari dam olishi uchun taym-aut oldi!

3. So‘nggi daqiqalarda vakillarimiz ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirmoqda. Chorievning bu safargi urinishini darvozabon qaytardi.

3. QANDAY VAZIYaT?! Davron Choriev deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Afsus...

4. Hozirgina o‘yinga qo‘shilgan Hamroevning noaniq uzatmasi tufayli navbatdagi hujumimiz besamar yakunlandi.

5. Ilhom Hamroev o‘ynovchi darvozabon sifatida maydonga tushdi.

5. Dilshod Rahmatovning urinishidan so‘ng to‘p raqibga tegib, maydonni tark etdi.

6. XAVFLI VAZIYaT! Akbar Usmonovning zarbasidan so‘ng to‘p ustundan qaytdi.

7. So‘nggi bir necha daqiqa davomida to‘p nazorati vakillarimiz tomonda bo‘lib turibdi.

8. Futzalchilarimiz faolroq harakat qilishi lozim. Raqibga har jabhada imkoniyatni boy bermoqdamiz.

8. Rustam Umarov darvozasi tomon berilgan navbatdagi zarbani qaytardi.

9. Raqib g‘alaba qozonmoqda. Biroq ular o‘ynovchi darvozabonni maydonga tushirishdan cho‘chimayapti.

10. Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Usmonovning uzatmasidan keyin Anasxon to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga kirita olmadi.

11. O‘yinda temp biroz pasaydi. 

12. Husniddin Nishonovga sariq kartochka ko‘rsatildi.

13. Nishonovning zarbasini darvozabon qaytardi. Takroriy urinishga aniqlik etishmadi.

14. Raqib to‘p nazoratini vakillarimizga topshirib, qarshi hujumlarga e’tibor bermoqda.

15. O‘tkazib yuborilgan ikki goldan so‘ng hamyurtlarimiz hujumkorlikka urg‘u bermoqda.

16. Futzalchilarimiz hujumda deyarli xavf tug‘dira olmayapti.

17. Maydon doimgidek rezina emas, yog‘och bilan qoplangan. Shu bois, vakillarimiz unda harakat qilishga qiynalmoqda.

17. GOL! Raqib darhol hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bu safar Duglas Juniorning urinishidan so‘ng to‘p darvozamizdan joy oldi.

18. GOL! Uchrashuvda hisob ochildi. Jarimadan Arnold Knaubning bergan zarbasini Umarov qaytara olmadi.

19. Ikkinchi taymga start berildi!

20. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffus!

20. Bahodir Ahmedov o‘z imkoniyatidan foydalanib, taym-aut oldi.

20. Tanaffusga g‘alaba bilan yo‘l olishimiz mumkin edi. Ammo darvozabon qarshisida yolg‘iz qolgan Choriev to‘pni to‘xtata olmadi.

21. Uzoq masofadan Umarov darvozasi tomon yo‘llangan zarba noaniq ketdi.

21. Qozog‘istonliklar 5 kishi bo‘lib darvozamiz oldida to‘pni ushlab turibdi.

22. Bo‘lim so‘ngini mezbonlar to‘p nazorati bilan o‘tkazmoqda.

23. Bahodir Ahmedovning ko‘rsatmalaridan keyin futzalchilarimiz biroz faollashdi.

24. Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tdi. Anasxonning zarbasidan so‘ng raqib posboni xavfni bartaraf etdi.

24. Himoyachilarimiz raqibning ketma-ket zarbalarini bartaraf etdi.

24. Taym-aut! Murabbiylar futzalchilarga ko‘rsatmalar bermoqda.

25. Raqib o‘ynovchi darvozabondan foydalanmoqda.

26. Knaubning xavfli zarbasini Umarov bartaraf etdi.

26. Akmalikovning bu safargi urinishidan so‘ng to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.

27. Husniddin Nishonovning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.

28. Raqib futzalchisi Akmalikov Umarov bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

29. Ishonchli harakat qilgan Umarov jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

30. Bugun futzalchilarimiz oldingi chiziqda umuman o‘ziga o‘xshamayapti.

31. Vakillarimiz asta-sekinlik bilan raqibni maydonning narigi qismiga "haydamoqda".

32. Jamoamizning kamsonli hujumlaridan navbatdagisi Ropievning noaniq uzatmasi tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

33. O‘yin asosan, jarima maydonimiz yaqinida kechmoqda.

34. Ikki futzalchi parketda yotibdi. Jarohat jiddiy emas!

34. Choriev to‘pni sherigiga etkaza olmadi. Hujum uzilib qoldi.

35. Jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbani Rustam Umarov ushlab oldi.

36. To‘p nazorati raqiblarimiz qo‘l ostida bo‘lib turibdi.

37. Vakillarimiz tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ammo urinish noaniq pas tufayli barbod bo‘ldi.

38. Qozog‘istonliklar bu safar o‘tkir burchakdan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq.

38. Raqib futzalchisining zarbasi biroz noaniq ketdi.

39. Dastlabki soniyalarda to‘p nazorati maydon egalari tomonda bo‘lib turibdi.

40. Ruxsatingiz bilan buyog‘iga sanoqli teskari tarzda olib boramiz.

18:00. Uchrashuv boshlandi!

17:59. Jamoa sardorlari va hakamlar o‘rtasida kichik qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Start uchun barchasi tayyor!

17:58. Qozog‘iston milliy madhiyasi yangradi. 

17:57. Arena bo‘ylab O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Uni vakillarimiz va o‘zbekistonlik muxlislar birgalikda kuyladi!

17:55. Futzalchilar parketga chiqib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Узбек легионер
14/12/2021 18:25
Счёт канака? Ёзворинглар...?
&
Узбек легионер
14/12/2021 18:25
Курамиз канака булади экан?