
Qo‘qonlik Abbosxon Yo‘ldoshevning navbatdagi jang sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi
Xabar berib o‘tganimizdek, 13 avgust kuni "Humo Arena"da Lift Promotions kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etilmoqda.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, o‘z intervyusi bilan tanilgan qo‘qonlik Abbosxon Yo‘ldoshev ham ushbu kechada jang o‘tkazadi. Unga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas.
Shuningdek, ushbu boks oqshomida Fazliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov va boshqa taniqli bokschilar ringga ko‘tariladi.
Fikrlar