"Qo‘qon-1912"ning Toshkentdagi yig‘inida jamoa tarkibi aniq bo‘ladi

  • 5 fevral, 2021, 15:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" klubi "Farg‘ona viloyati xokimi kubogi-2021" musobaqasida ishtirokini yakunlaganidan so‘ng, jamoa a’zolariga qisqa muddatli ta’til berildi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari navbatdagi yig‘inni 7 fevraldan Toshkent shahrida boshlaydi.

Toshkent yig‘ini mavsumga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, unda jamoa tarkibi deyarli aniq bo‘ladi. Ayni kunlarda murabbiylar shtabi selektsiya jarayonlarini bir zum ham to‘xtatgani yo‘q. Toshkent yig‘inida tarkibga yana yangi futbolchilar qo‘shilishi mumkin. Yig‘in davomida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish ham murabbiylarning rejalaridan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!