"Qo‘qon-1912"ning rejasi o‘zgardi

  • 22 dekabr, 2021, 13:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabr kunidan boshlashi haqida xabar bergan edik. Jamoa murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra yangi mavsumga tayyorgarlik rejasiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa a’zolari yangi yil bayramidan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishadigan bo‘lishdi. Bunga sabab ko‘plab futbolchilarimiz o‘tgan mavsum so‘nggida jarohatlar bilan o‘yinlarni o‘tkazishgan va futbolchilarga berilgan dam olish muddati ayrimlarda jarohatlardan to‘liq forig‘ bo‘lishga etarli bo‘lmadi. Ularni yangi mavsumga to‘liq tiklanishlari uchun yana biroz vaqt berildi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari yangi yil bayramini oila davrasida o‘tkazib olganlaridan so‘ng, yanvar oyining dastlabki haftasidan to‘planib, mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!