"Qo‘qon-1912"ning logotipi o‘zgarmaydigan bo‘ldi

  • 9 mart, 2021, 09:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi mavsum oldidan o‘z logotipini o‘zgartirishi haqida ma’lumot bergan edik. Yangi logotip bo‘yicha tanlov ham e’lon qilindi.  Biroq klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, "Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumni eski logotip bilan boshlashga qaror qildi.

Tecno

"Biz mavsum davomida yangi logotip bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz hamda jamoaga mos, barchaga birdek ma’qul bo‘ladigan logotip tayyor bo‘lgan vaqtda logotipimizni o‘zgartiramiz. Logotip klubning yuzi bo‘lganligi uchun bu borada biroz shoshilmaslikka qaror qildik", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!