"Qo‘qon-1912" yangi mavsum uchun qaysi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi?

  • 12 fevral, 2020, 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakatimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham tobora oz fursatlar qolmoqda. "Qo‘qon-1912" esa bir qator yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomoxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra yangi tuzilgan shartnomalarning barchasi 1 yillik. "Paxtakor"dan bir futbolchi ijara asosida olib kelingan. Yana bir futbolchi "Paxtakor"dan ozod bo‘lib, faoliyatini Qo‘qonda davom ettirishga qaror qilgan. Shuningdek "Andijon" va "Metallurg"dan ham futbolchilar jalb etilgan.

Muzaffar Abdullaev — 2020, dekabr
Aleksandr Merzlyakov — 2020, dekabr
Suhrob Berdiev — 2020, dekabr
Quvondiq Ro‘ziev — 2020, dekabr
Bek Abdullaev — 2020, dekabr
Otabek Haydarov — 2020, dekabr
Bobur Akbarov — 2020, dekabr (Andijon)
Zohid Abdullaev — 2020, dekabr (Metallurg)
Sobit Sindorov — 2020, dekabr (Paxtakor)
Suhrob Nurillaev — 1 yil ijara (Paxtakor)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!