"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi yig‘inni yakunlandi. Tayyorgarlik Qo‘qonda davom ettiriladi

  • 28 fevral, 2021, 17:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent shahrida olib borgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z yakuniga etdi. Futbolchilar kecha va bugun o‘z oilalari davrasida biroz hordiq chiqardi.

Tecno

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ertadan Superliga-2021ning 1-turidan o‘rin olgan "Turon" jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlaydilar. Jamoa a’zolari ertaga Qo‘qon shahridagi qarorgohlarida to‘planadi hamda mashg‘ulotlarni Qo‘qonda davom ettiradi.

Superliganing ilk turida "Qo‘qon derbisi" bo‘lib o‘tadi. "Turon" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv, 10 mart kuni, Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!