"Qo‘qon-1912" Toshkentda yig‘in boshladi. Tarkibda yangi nomlar bor!

  • 12 yanvar, 2022, 13:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqich mashg‘ulotlarini boshladi.

Tecno

Jamoaning bu bosqichdagi mashg‘ulotlari Toshkent shahrida olib borilishi haqida avval xabar berilgan edi. Kecha Toshkent shahrida yig‘ilgan futbolchilar kechki payt bir mahal mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsa, bugundan mashg‘ulotlar ikki mahaldan olib boriladi. Kunning birinchi yarmida trenajyor zalida , kunning ikkinchi yarmida esa "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda to‘p bilan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Jamoa tarkibi asta-sekinlik bilan mukammallashtirib borilmoqda. Toshkentdagi yig‘inda jamoa etakchilari Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziev, Oybek Rustamov bilan birga tarkibga bir qator yangi futbolchilar ham qo‘shildi. Qarshining "Nasaf", Bekobodning "Metallurg" jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev, jamoa muxlislariga tanish bo‘lgan yarim himoyachi Sobit Sindarov, shuningdek hujumchi San’at Shixov "shunqorlar"ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishyapti.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!