
"Qo‘qon-1912" safida "Neftchi"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotish bor
Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi Superliganing 2-davrasiga qizg‘in tarzda tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa 2-davrani “Neftchi”ga qarshi “derbi” bilan boshlaydi. Ushbu o‘yinning ahamiyati har ikki jamoa uchun ham juda muhim. “Shunqorlar” bir g‘alaba bilan turnir jadvalidagi o‘rinlarini ancha yaxshilab olishlari yoki aksincha bir mag‘lubiyat bilan yanada qiyin vaziyatga tushib qolishlari mumkin.
“Neftchi”da ham xuddi shunday vaziyat. Buni yaxshi anglagan murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bir yoqadan bosh chiqargan holda, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Farg‘ona “derbi”siga qo‘qonliklar bir nafar yo‘qotish bilan boradi. Jarohati bois himoyachi Aleksandr Merzlyakov ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
O‘yin 2 avgust soat 19:00da Yaypanda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar