
"Qo‘qon-1912" o‘zining 4 o‘yinlik noxush an’anasiga chek qo‘yadimi yoxud "Qizilqum" bilan o‘zaro o‘yinlar tarixi
O‘zbekiston Superligasi 24-tur doirasidan o‘rin olgan “Qizilqum” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi ertaga Navoiy shahridagi “Yoshlar” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 23 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 7 tasida "shunqorlar" zafar quchgan, 13 ta bahsda navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Uchta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 26:40, “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 24 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 42 tani tashkil etadi.
E’tiborlisi, vodiy jamoasi oxirgi 4 o‘yinda navoiylik raqiblarini mag‘lub eta olmay kelmoqda - 2 mag‘lubiyat va 2 durang.
Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar