“Qo‘qon-1912” klubi sobiq futbolchilarini sudga berdi

  • 19 fevral, 2021, 15:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Qo‘qon-1912” futbol klubi sobiq legionerlari, darvozabon Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan yuzaga kelgan muammo tufayli FIFA tomonidan taqiqga uchradi. Jamoa FIFA talab qilgan 24 871 evro miqdoridagi mablag‘ni ko‘rsatilgan hisob-raqamga o‘tkazib berdi va natijada FIFA jamoaga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.

Tecno

photo_2021-02-19_13-42-11 (2)

photo_2021-02-19_13-42-11

“Qo‘qon-1912” jamoasi sobiq futbolchilari Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichni jamoaga keltirgan moliyaviy zararlari va noqonuniy harakatlari uchun sudga bergan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Xozirgi kunda klub FIFAning nizolarni hal qilish palatasida bu ishni qaytadan ochdi. Turkiyaning NAZALI yuridik kompaniyasi va advokat janob Anil Dincher “Qo‘qon-1912” futbol klubi nomidan yuqoridagi sud ishi bo‘yicha vakil bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, darvozabon Boyan Knejevich hamda himoyachi Milosh Nikolich 2019 yilgi mavsumda uch oy muddat qo‘qonliklar sharafini himoya qilishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!