"Qo‘qon-1912" klubi nemis brendi bilan shartnoma tuzdi

  • 17 fevral, 2021, 20:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi jamoa Germaniyaning "JAKO" kompaniyasi bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi:

Tecno

"Qo‘qon-1912” futbol klubi so‘nggi yillarda “Adidas” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgan edi. “Shunqorlar” yangi mavsumda o‘z imidjlarini o‘zgartirishga qaror qildi. Klub rahbariyati Germaniyaning dunyoga mashhur “JAKO” kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi. Bu borada jamoaga “JAKO”ning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha rasmiy vakili Rasulbek Bekdurdiev o‘zining amaliy yordamini berdilar. Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi “JAKO” kompaniyasi tomonidan yangi mavsum uchun sport kiyimlari va sport anjomlarini qabul qilib oldi. Mahsulotlarni o‘z vaqtida hamda sifatli tarzda etkazib berishgani uchun jamoamiz nomidan “JAKO” kompaniyasi vakillariga o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. O‘ylaymizki, kompaniya bilan hamkorligimiz uzoq vaqt hamda samarali tarzda davom etadi", - deb yozadi klub rasmiy sahifasi. 

photo_2021-02-17_20-22-34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!