
"Qo‘qon-1912" bugundan yozgi yig‘inini boshlaydi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi
Superliga yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Qo‘qon-1912» jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni bugundan boshlaydi.
Bugun Muxsinjon Nizomiddinov boshchiligidagi jamoa, Toshkent viloyatining tog‘li hududlaridan hisoblanmish Chorvoqda tayyorgarlikning birinchi qismini boshlashadi. Yig‘inda asosan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib borishadi.
Yig‘in davomida klub safida bir nechta o‘zgarishlar bo‘ladi. Birinchi davrada harakat qilgan bir qator futbolchilar bilan shartnoma bekor qilinsa, yana bir qator tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzolaniladi.
Tog‘li hududda bugundan boshlanadigan yig‘in 15 iyulga qadar davom etadi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar