Qo‘l jangi ustalari Toshkentda bellashmoqda
Ochilish marosimida fahriy sportchilar va ustozlarning hizmatini munosib rag‘batlantirish, keksalarga bo‘lgan xurmat va ularni qadirlash maqsadida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi mutassadilari yoshi ulug‘ federatsiyaning sobiq hodimlari va murabbiylarni taqdirladi.

– Musobaqa ishtirokchilari yuqori tayyorgarlik ko‘rganini dastlabki bahslardan ko‘rdik va his qildik. Ayniqsa, Namangan, Jizzax, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istondan kelgan sportchilar o‘rtasidagi raqobat keskin va mursasiz o‘tmoqda. Chempionatdan ko‘zlayotgan asosiy maqsadimiz terma jamoaga yangi nomlarni saralashdir, – deydi musobaqa hakami Husan Ergashev.
O‘zbekiston chempionatining dastlabki kunida 16-17 yoshdagi qizlar o‘rtasida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi. Ushbu bahslarda Dilnavoz Karimova, Gulshoda Turg‘unboeva, Sevinch Qo‘chqorova, Madina Mamajonova Sevara Sa’dullaeva oltin madelni qo‘lga kiritdi.



Fikrlar